Anchelotti: “Shunchaki zavqli uchrashuv va ajoyib taassurotlar...“
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

“Everton“ bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “MYu“ ga qarshi (3:3) APLning 23-tur uchrashuvidan so'ng fikr bildirdi.
«Biz yaxshi boshladik. Birinchi bo'limda qarshi hujumlardan so'ng imkoniyatlar bo'ldi, ammo bizga aniqlik etishmadi. Shu sababli birinchi bo'limda o'ylaganimizdek ishonchli o'ynay olmadik. Raqib maydon markazida haqiqatdan ham kuchli.
O'z o'rnida jamoamiz ruhi ham juda zo'r edi. Biz 2:3 hisobi bilan yutqazishni istamasligimizni ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda dadilroq o'ynadik va kerakli ochkolarni oldik.
Biz APLning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi kurashdik. Garchi hozirda, ular bilan darajamiz bir xil bo'lmasada. Ushbu ochkolar g'alabaga teng natija. Men jamoam bilan faxrlanaman» - dedi Anchelotti.
Manba: sky sports
Bosh sahifaga
203