Zidan Ramosning holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Ueska»ga qarshi o'yindan so'ng jamoa sardori Serxio Ramosning holati haqida savol berdi.
«Serxio Ramos operatsiya qilinishi kerak edi. U o'z imkoniyatlari chegarasida o'ynayotgandi. Operatsiya yaxshi o'tdi. Endi imkon qadar tezroq safga qaytish uchun u ertadan boshlab ishga kirishadi», — dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Ramos Ispaniya superkubogi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik Bilbao»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Ushbu jarohatdan u sog'ayib keta olmadi. Ispaniyalik futbolchi 6-7 hafta davomida maydondan tashqarida qolishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199