Gasperini: "So'nggi 10 daqiqada to'xtab qoldik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Italiyaning "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriya doirasida "Torino" (3:3) jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Bir qator futbolchilar "o'chib" qoldi, ba'zilari esa - yo'q. Lekin so'nggi 10 daqiqada biz to'xtab qoldik. "Torino"ning hisobida gol kiritish uchun to'rtta imkoniyat bo'ldi. O'ylaymanki, shu sababli, futbolchilarimizda charchoq alomatlari sezilib qoldi. Kubok o'yinidan so'ng biz hali to'liq tiklanib bo'lmagandik. Muammo shundaki, biz yaxshi o'ynay olmadik. Shunchaki o'yinni "tashlab" yubordik. Tanaffusdan keyin aytarli o'ynamadik", - Gasperinining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335