Neymar oshqozonidagi muammo tufayli «PSJ»ning mashg'ulotida ishtirok etmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

«PSJ» hujumchisi Neymar jamoasining bugungi ertalabki mashg'ulotida ishtirok etmadi. Klub matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, braziliyalik futbolchi oshqozonidagi kasallik tufayli mashg'ulotni o'tkazib yuborgan. Futbolchi yaqin soatlar ichida tekshiruvdan o'tadi.
«PSJ» yakshanba kuni «Marsel»ga qarshi maydonga tushadi. Neymar mazkur bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
29 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198