Jeymi Vardi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi yanvar oyida o'tkazilgan operatsiyadan so'ng safga qaytdi. Bu haqda "tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rodjers xabar tarqatdi.
Murabbiyning aytishicha, Vardi 7 fevral kuni bo'ladigan «Vulverxempton»ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Ammo mutaxassis uni maydonga tushirishga shoshilmayapti. Katta ehtimol bilan Jeymi «Vulvz»ga qarshi bahsni zaxirada boshlaydi.
34 yoshli forvard joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276