Vadim Abramov: «Jaloliddinovga jiddiy qiziqishlar bor, yaqinda bu haqda eshitasiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «VsyoProSport» muxbiri bilan suhbatda Jasur Jaloliddinov haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi yaqinda Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan shartnomani bekor qildi.
«Biz Jaloliddinovni bajonudil «Bunyodkor»ga qaytarib olgan bo'lardik. Hozir u biz bilan shug'ullanmoqda. Ruhiy jihatdan Jasur o'zini yaxshi his qilmoqda. Yaqinda o'tkazilgan nazorat o'yinida u jarimadan chiroyli gol urdi. Jasur jamoamizni kuchaytirgan bo'lardi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida menga Jaloliddinovning Evropada o'ynagani yaxshi. U erda futbolchi o'sadi va milliy jamoaning yuqori darajaga chiqishida yordam beradi. Kelajakda terma jamoaning etakchi o'yinchisiga aylanishiga umid qilyapman. Bizda bunday yigitlardan 5 nafari mavjud. Tez orada ushbu avlod o'zini ko'rsata oladi. Ular bizning kelajagimiz.
Hozirda Jaloliddinovga jiddiy darajadagi qiziqishlar bor. Yaqin orada bu haqda eshitasiz, deb o'ylayman», - dedi Abramov.

Bosh sahifaga
250