Noyer Bundesligada noyob natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Germaniya chempionatining 20-turi doirasida bo'lib o'tgan «Gerta» — «Bavariya» uchrashuvida myunxenliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
«Bavariya» posboni Manuel Noyer «Gerta»ga qarshi o'yinlarda 16-marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, u bir jamoaga qarshi o'yinda shunday natija qayd etgan Bundesliga tarixidagi dastlabki darvozabonga aylandi.
Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib keladi. Bu vaqt davomida darvozabon myunxenliklar safida 415ta o'yinda maydonga tushib, ularning 205tasida gol o'tkazib yubormadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247