«Inter» «Fiorentina»ni mag'lub etib, A Seriya peshqadamiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

Italiya A Seriyasining 21 turi doirasida «Fiorentina» «Inter»ni qabul qildi. Florentsiyadagi «Artemio Franki» stadionida bo'lib o'tgan bahs mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, Aleksis Sanchesning uzatmasidan so'ng, milanliklar a'zosi Nikolo Barella 25 metrlardan o'ng oyog'i bilan, to'pni pastki o'ng burchakka yo'llab, hisobni ochdi.
Keyinchalik, 52-daqiqada «Inter» Ivan Perishichning say-harakatlari evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Ashraf Hakimining raqiblaridan osonlikcha qochib ketib, jarima maydonchasi tomon uzatgan uzatmasini xorvatiyalik hujumchi golga aylantirdi. Shu tariqa, «Inter» 47 ochko to'plab, A Seriyada birinchi pog'onaga ko'tarildi. 22 ochko jamg'argan «Fiorentina» esa 12 o'rinda bormoqda.
Gollar: N. Barella 31', I. Perishich 52'
Ogohlantirishlar:(Inter) I. Perishich 42', (Fiorentina) S. Amrabat 60', L. Martines 75', E. Pulgar 81'.
Almashtirishlar: (Inter) R. Galyardini(A. Vidal), L. Martines(A. Sanches), M. Darsidan( I. Perishich), A Pinamonti(R. Lukaku) (Fiorentina) K. Kuame(B. Valero), K. Madkyui(L. Venuti), A. Kokorin(D. Vlaxovich) E. Pulgar(V. Esserek), A. Barreka(K. Beragi).
Tarkiblar: "Fiorentina" – Drongovski, Biragi, Martines, Igor Julio, Venuti, Bonaventura, Valero, Esserik, Amrabat, Petstselya, Vlaxovich.
"Inter" – Xandanovich, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Xakimi, Brozovich, Vidal, Perishich, Barella, Sanches, Lukaku.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
255