Tuxel jamoaning 50 million evrolik futbolchisiga ishonmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

“Aristokratlar“ning chap qanot himoyachisi Ben Chiluell Tomas Tuxel uchun chap qanotda muqobil tanlov emas. Germaniyalik mutaxasis Markos Alonsoga ko'proq ishonch bildirmoqchi.
Ispaniyalik futbolchi jamoaga Tuxel kelganidan buyon “Byornli“ va “Tottenxem“ga qarshi o'yinlarda 90 daqiqa harakat qildi va 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Agar Chiluell barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, yozgi transfer oynasida “Chelsi“ni tark etishi mumkin. Ma'lumot o'rnida, 2020 yil yozida transferi londonliklarga 50 million evroga tushgan Chiluell ushbu mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, ularda 2 gol va 5 golli uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258