IFFHS Osiyoning so'nggi o'n yillikdagi eng yaxshi futbolchilarini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Halqaro Futbol tarixi va statistikasi federatsiya (IFFHS) Osiyoning so'nggi o'n yillikdagi eng yaxshi uch nafar futbolchisini aniqladi.
Reytingga Osiyo futbol konfederatsiyasi mamlakatlarining 2011 yildan 2020 yilgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchilari kiritildi.
Reytingning birinchi o'rinini «Tottenxem» va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xyon Min egalladi.
Ikkinchi o'rinni esa «Milan» va Yaponiya terma jamoasi sobiqv futbolchisi, ayni paytda Portugaliyaning «Portimonense» jamoasida to'p surayotgan Keysuke Xonda band etdi.
Uchinchi o'rin esa «Al-Hilol» va Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi Salim Al-Dosariga nasib etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203