Mourino berilgan savolga o'z uslubida javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Londonning «Tottenxem» ustozi Joze Mourino APLdagi ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyingi bosim haqida fikr bildirdi. «Shporlar» «Liverpul» (1:3), «Brayton» (0:1) va «Chelsi» (0:1) jamoalari imkoniyatni boy berdi.
«Men o'zimga nisbatan har kuni bosim o'tkazaman. Menga boshqalar bosim o'tkazishi kerakmas. Men bu ishni har kuni o'zim qilaman.
«Tottenxem» 2012 yildan biri birinchi marta ketma-ket uchta o'yinda yutqazdi? Necha yildan beri «Tottenxem»da chempionlik sovrini yo'q? Balki men nimadir qila olishim mumkindir», - dedi Mourino matbuot anjumanida.
Qayd etish kerakki, «Tottenxem» so'nggi bor 1961 yili Angliya chempioni bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206