«Ayaks» darvozaboni Andre Onana ehtiyotsizligi tufayli 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

UEFA «Ayaks» darvozaboni Andre Onanani antidoping qoidalarini buzgani uchun 12 oyga diskvalifikatsiya qildi.
Ma'lum bo'lishicha, 2020 yilning 30 oktyabrida musobaqadan tashqari tekshiruv o'tkazilganda 24 yoshli futbolchining peshobidan furosemid (buyrak etishmovchiligida qo'llaniladi) dori vositasi aniqlangan. Diskvalifikatsiya 2021 yilning 5 fevralidan barcha musobaqalar doirasida kuchga kirgan.
«Ayaks» klubi kamerunlik darvozabonning 30 oktyabrda o'zini yomon his qilgani va rafiqasiga buyurilgan dori-darmonlarni qabul qilganini ma'lum qilgan.
Komissiya qaroriga ko'ra, Onananing harakatlarida g'arazli niyat bo'lmagan, ammo sportchi baribir o'z tanasiga taqiqlangan moddalarning tushmasligini nazorat qilishi kerak bo'lgan.
Onana va «Ayaks» ushbu masala yuzasidan Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilmoqchi.
Andre Onana Niderlandiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 20 ta o'yin o'tkazib, 9 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Bosh sahifaga
202