Mourino faoliyatida ilk marta bunday muvaffaqiyatsizlik qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Tottenxem» o'z uyida «Chelsi»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi (0:1).
«Shporlar» APL doirasida o'z uylarida ketma-ket ikkinchi o'yinda yutqazishmoqda. Jamoa 28 yanvar kuni «Liverpul»dan engilgandi (1:3).
«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatida bunday voqea ilk marta sodir bo'ldi. Portugaliyalik mutaxassis «Portu», «Chelsi», «Real» va «Inter» boshqaruvida milliy chempionat doirasida 327ta uy uchrashuvi o'tkazib, ularda birorta ketma-ket ikkita bahsda mag'lub bo'lmagan edi.
«Tottenxem» navbatdagi uchrashuvni «Vest Bromvich»ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196