Klublar o'rtasidagi JCh. Yarimfinal juftliklari ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Qatar mezbonligi ostida o'tayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining bugun chorakfinal bahslariga yakun yasaldi.
Unda Misrning «Al-Ahli» klubi mahalliy «Al-Duhail»ni mag'lubiyatga uchratib yarimfinal yo'llanmasiga ega chiqdi. Endi ular bu bosqichda «Bavariya» bilan to'qnash keladi.
Oxirgi juftlikda esa Meksika klubi «Tigres» «Ulsan»ni taslim etishga muvaffaq bo'ldi. Endi jamoa Libertadores g'olibi «Palmeyras» bilan bahs olib boradi.
Yarimfinal bahslari 7-8 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202