«Yuventus» Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ertaga, 5 fevral kuni 36 yoshga to'ladi. Shunga qaramay, klub unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda "Tuttosport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchiga taklif etilayotgan yangi shartnoma 2023 yilgacha bo'ladi. Uning hozirgi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Ronaldu joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urdi.
Ronaldu 2018 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280