Muxlislik madaniyati, futbol uchrashuvlari paytida o'zini tutish qoidalariga rioya etish masalalari muhokama etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Majlislar zalida O'FA mutasaddi va mutaxassislari hamda futbol klublarining muxlislar jamoalari etakchilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda "Muxlis kodeksi" qoidalar majmuini amaliyotga joriy etish, muxlislik madaniyati bo'yicha mavjud muammolar va ularning echimlari muhokama etildi.
O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov so'zga chiqib, muxlislar bu - futbol klublari uchun 12chi o'yinchi ekanligi, ularning etakchilari esa futbolni chindan sevadigan va o'z mehnatini ayamaydigan inson ekanliklarini ta'kidlab, yig'ilishda qatnashayotgan barcha fan-klub etakchilarini o'zbek futboli rivojiga qo'shayotgan ulkan hissalari uchun O'FA rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Muxlislar etakchilaridan joylarda muxlislarni o'zini tutishi, "Muxlis kodeksi" qoidalariga rioya etishlari, hakamlar va futbolchilarni noo'rin gaplar bilan haqorat etmasligi yuzasidan profilaktik-targ'ibot, tushuntirish ishlarini olib borishlari so'raldi. Ushbu holatlar futbolchilarning ruhiyatiga ta'sir etibgina qolmay, futbolchining o'yin va o'sish darajasi sustlashiga olib kelishini tushuntirildi.
Shundan so'ng, hududlardagi fan-klublarda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha barcha o'z-fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
Shuningdek, barcha yig'ilgan muxlislar etakchilaridan joylarda futbolchilar hamda muxlislar o'rtasida bog'liqlikni vujudga keltirish maqsadida ular bilan uchrashuvlarni tashkil etish, futbolchilarni o'yin vaqtida doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash yuzasidan tegishli targ'ibot ishlarini olib borish zarur ekanligi ta'kidlandi.

Bosh sahifaga
268