Messidan super sermahsullik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Ispaniya kubogining chorak final bosqichida «Granada» «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv Granadadagi «Los Karmenes» stadionida bo'lib o'tdi va qo'shimcha vaqtda mehmonlarning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu uchrashuvda «Barselona» futbolchisi Lionel Messi assist qayd etdi. «ESPN Datos» ning Twitterda xabar berishicha, argentinalik hujumchi o'zining 300-golli uzatmasini amalga oshirdi (klubda 259, terma jamoada 41).
Ma'lumot uchun, argentinalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 uchrashuv o'tkazib, 16 gol va 7 assist amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147