Davron Choriev: "Agar yana bitta o'yin bo'lganida, yutgan bo'lardik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Futzal bo'yicha milliy terma jamoamiz Argentina bilan ikkinchi bahsda ham ishtirok etdi va kichik, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng,
termamiz etakchilaridan biri Davron Choriev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz bunday o'yinlarga tayyor edik va bizga oson bo'lmasligi ma'lum edi. Ushbu raqibni bilardik va o'rganib chiqdik. Ammo, ba'zi xatolarga yo'l qo'yganimiz bizga pand berdi. O'ylashimcha, xuddi kechagidek, durangga mos o'yin bo'ldi.
Vaziyatlarni yakunlab berish uchun ozgina xotirjamlik etishmadi deb o'ylayman. Boisi, bunday darajadagi jamoalar qarshi to'p tepganda albatta, hayajon bo'ladi. Agar yana bitta o'yin bo'lganida g'alaba qozonardik deb o'ylayman"
Manba: stadion.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290