Futzal. Ikkinchi bahsda ham mag'lubiyatga uchradik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Futzalchilarmizning Aregentina futzal terma jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvi ham o'z yakuniga etdi. Bir kun avval vakillarimiz kichik, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Bugun ham deyarli bir xil tsenariy takrorlandi.
Shiddatli va ko'plab xavfli vaziyatlarga boy tarzda o'tgan uchrashuvning birinchi bo'limida Argentina terma jamoasi a'zosi Lukas Tripodining goli evaziga mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Vakillarimizning ketma ket uyushtirgan hujumlari afsus samara bermadi.
Hakamlar: Nurdin Bukuev (Qirg'iziston), Nikita Afinagenov, Anatoliy Rubakov (ikkisi O'zbekiston)
Vaqtga mas'ul hakam: Xushnud Atamurodov (O'zbekiston)
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (O'zbekiston)
Komissar: Aleksandr Davidenko (O'zbekiston)
O'zbekiston (boshlang'ich beshlik): Abbos Elmurodov 12, Ixtiyor Ropiev 4, Ilhomjon Hamroev 6, Husniddin Nishonov 8, Davron Choriev 10.
Zaxira: Rustam Umarov 1, Anasxon Rahmatov4, Elbek To'lqinov 5, Dilmurod Shavkatov 9, Akbar Usmonov 11, Javlon Anorov 14, Avazbek Abduvaliev 17, Shahzodjon Sadiev 19, Xushnur Erkinov 20.
Argentina (boshlang'ich beshlik): Matias Starna 12, Damian Stazzone 2, Anxel Klaudino 7, Konstantino Vaporaki 10, Alan Brandi 11.
Zaxira: Lukas Farax 1, Lukas Tripodi 1, Lukas Bolo Alemani 4, Maksimiliano Rechia 5, Sebastian Korso 6, Luchiano Avellino 8, Matias Rosa 9, Santiago Rufino 13, Andres Gerati 14.

Bosh sahifaga
351