Koman yana jiddiy jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2495
“Bavariya” yarimhimoyachisi Kingsli Koman Bundesliganing 22-turida “”Augsburg”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
22 yoshli futbolchi ushbu o'yinda ikkita gol urdi, biroq o'yin so'nggida to'pig'idan qayta jarohat oldi.
“Bavariya” bosh murabbiyiNikoKovach Komanning jarohati jiddiy ekanligini ta'kidlab o'tdi lekin uning jarohat tafsilotlari tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng ma'lum bo'ladi.
So'nggi 12 oyda Koman har hil jarohatlardan aziyat chekdi. O'tgan mavsumda yarimhimoyachi ushbu jarohat tufayli jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi. Mavsum boshida futbolchi operatsiya qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!