Kuman: «Messining «Barselona»da qolishiga ishonchim komil emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Lionel Messining kelajagi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Messining «Barselona»da qolishiga ishonchim komil emas. Lekin uning qolishiga umid qilaman. Chunki u hamon ajoyib futbolchi hisoblanadi va uning yordamida biz o'yinlarda g'alaba qozonyapmiz. Unga mashg'ulot o'tkazishdan zavqlanyapman. Uni har kuni mashg'ulotda ishlayotganini ko'rish — ajoyib.
U «Barselona»ga kelganida yosh bola edi. Men Leo Messini boshqa jamoa futbolkasida tasavvur qila olmayman», – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199