Pelle yana Italiyaga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gratsiano Pelle yana o'z yurtiga qaytishga yaqin turibdi.
Bu haqda Calciomercato xabar beradi. Futbolchi amaldagi klubi Xitoyning «Shandun Lunen»i bilan amaldagi shartnomani favqulodda bekor qildi va u hozirda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
35 yoshli hujumchi «Parma» bilan kelishuvga erishdi va bugun tibbiy tekshiruvdan o'tish uchun Italiyaga uchib keladi. Shartnoma joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
Qayd etish kerak, Pelle «Parma» safida 2011/12 yilgi mavsumda ham faoliyat olib borgan. Agar klub joriy mavsum A Seriyada qolishning uddasidan chiqsa futbolchi bitimni uzaytirishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242