"Yuventus" futbolchisi: "Inter" bilan ikkinchi yarimfinal yanada qiyin bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273

"Yuventus" yarimhimoyachisi Adrien Rabo Italiya kubogining birinchi yarim finalida "Inter" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz Ikki hafta oldin jamoalar Italiya chempionatida to'qnash kelishgan va o'shanda "Inter" 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi
"Bu muhim uchrashuv edi, A Seriyadagi o'yin "Inter" oddiy jamoa emasligini ko'rsatdi. Ammo bugun biz butunlay boshqacha o'yin namoyish etdik, "Inter"ni mag'lub etib ajoyib formada ekanligimizni namoyish etdik.
Ammo qarama-qarshilik hali tugamadi, oldinda yana bitta o'yin bor, va u yanada qiyinroq bo'ladi. Biz yana bir bor finalga munosib ekanligimizni isbotlashimiz kerak - dedi futbolchi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241