Arteta nima uchun David Luiz maydondan chetlatilganini tushunmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Londonning «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta David Luis nima uchun maydondan chetlatilganini tushunmayotganini tan oldi. David APL doirasida«Vulverxempton» jamoasiga qarshi o'yinda maydondan chetlatildi.
«Men hozir o'sha vaziyatda 10 marta qaytadan tomosha qildim va qandaydir kontakt bo'lganini ko'rmadim. Hozir shu erda o'tirib, ushbu vaziyat borasida shikoyat qilishni rejalashtiryapmiz. Men klubimiz yuristlari bilan suhbatlashaman va maslahatlashamiz.
Bunday qarorlar o'yin natijasiga ta'sir qiladi, lekin ayni paytda hech narsani o'zgartira olmayman. Bu katta qaror bo'ldi, agar o'sha vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilingan bo'lsa, u holda qo'llarimni ko'taraman va kechirim so'rayman», - dedi Arteta.

Bosh sahifaga
279