Leno - "Arsenal"ning APLda qizil kartochka olgan ikkinchi darvozaboni
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Londonning «Arsenal» darvozaboni Bernd Leno APL doirasida «Vulverxempton» (1:2) jamoasiga qarshi o'yinda maydondan chetlatildi.
Germaniyalik darvozabon uchrashuvning 72-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Shu tariqa, Leno "Arsenal"ning APL doirasida qizil kartochka olgan ikkinchi darvozaboniga aylandi.
Birinchi darvozabon Devid Simen bo'lgandi. 1993 yilning noyabr oyida Simen qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211