Sarri Frantsiya chempionatida ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Italiyalik murabbiy Mauritsio Sarri Frantsiyaning «Marsel» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Marsel" rahbariyati bugun jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash bilan xayrlashdi. Shu sababli, klub rahbariyati yangi murabbiy izlamoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, Sarri mavsum mobaynida qandaydir jamoani boshqarishni rejalashtirmagan. U joriy mavsum yakuniga etgach, yangi mavsum avvalidan biror bir jamoani boshqarish niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215