Aguero qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Serxio Aguero koronavirusdan so'ng tiklanish jarayonini qachon yakunlashini aytib o'tdi.
"Aguero hozircha maydonda ishlamayapti. U kecha sportzalda shug'ullanishni boshladi. U bir necha haftadan so'ng tiklanishi mumkin. Muhimi, uning koronavirusga topshirgan test manfiy natija berdi", - dedi Gvardiola klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Argentinalik futbolchi joriy mavsumda "Manchester Siti" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228