Ispaniya kubogi. «Barselona» «Granada»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

«Barselona» Ispaniya kubogining chorak final bosqichida «Granada» klubiga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman qaydnomaga 20 nafar futbolchini kiritdi. Tarkibdan Jerar Pike, Filippe Koutino, Ansu Fati, Xunior Firpo o'rin olishmagan bo'lsa, Serjino Dest uzoq tanaffusdan keyin safga qaytdi.
«Barselona»ning «Granada»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Norbertu Neto, Arnau Tenas
Himoyachilar: Serjino Dest, Ronald Arauxo, Kleman Langle, Xordi Alba, Serxi Roberto, Oskar Mingeza
Yarim himoyachilar: Miralem Pyanich, Riki Puch, Pedri, Fransishku Trinkau, Frenki de Yong.
Hujumchilar: Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Lionel Messi, Usmon Dembele.
«Granada» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi bahs 3 fevraldan 4 fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


Bosh sahifaga
193