Joan Laporta: "Messi "Barselona"ga harajatdan ko'ra ko'proq foyda olib kelgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Barselona" prezidentligiga asosiy nomzod Joan Laporta Lionel Messining shartnoma haqida tarqalib ketgan ma'lumotlar haqida fikr bildirdi.
— Men unga bu xabarlarga e'tibor bermasligini va uni "Barselona" muxlislari jamoada qolishini istayotganliklari haqida qisqa xabar yubordim. U menga javob yozdimi yoki yo'qmi buni aytmoqchi emasman. "Barselona"dagi moliyaviy qiyinchilik Messi bilan tuzilgan shartnoma sababli yuzaga kelmagan. Messi klubga harajatdan ko'ra, ko'proq foyda olib keldi. Biz tekshiruv olib bordik va "Barselona"ning deyarli barcha foydalari aynan Messi orqali bo'lgan, — dedi Laporta RAC1 bilan intervyuda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169