Messi shartnomaga ko'ra qaysi tilni o'rganishi kerak bo'lgan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi mehnat shartnomasiga ko'ra, katalon tilini o'rganishi kerak bo'lgan. Bu haqda El Mundo nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, Messi to'rt yil mobaynida Kataloniya madaniyati va jamiyatini, jumaladan, katalon tilini o'rganishi shart edi.
Qayd etilishicha, futbolchi bir marta ham omma oldida katalon tilida suhbatlashmagan.
Shuningdek, Kataloniya mustaqil davlat deb tan olinsa, futbolchi shartnomani bekor qilgani uchun 700 million evro tovon to'lamasdan klub tark etish huquqiga ega bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166