Klopp Kabakning transferi borasida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Angliyaning «Liverpul» klubi kecha «Shalke» himoyachisi Ozan Kabak bilan shartnoma imzoladi. Yurgen Klopp Kabakni iqtidorli va kelajagi porloq futbolchi deb atadi.
«U juda yoshligida Germaniyada o'ynashni boshlagandi. Uning qanday iqtidorga ega ekanligini barcha ko'rgandi. U endigina 20 yoshda. Hozir boshqa jamoaga o'tadigan yoshda edi. «Shalke» hozir yaxshi vaziyatda turmayapti. Yosh futbolchi kuchliroq jamoada o'sishi kerak. Biz aynan bu ishni amalga oshiramiz», - dedi Klopp klub rasmiy saytiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167