Fati "PSJ"ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Ansu Fatining tiklanish jarayoni cho'zilmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Fati o'tgan yilning noyabr oyida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Manbaning yozishiga qaraganda, Fati yana bir operatsiyani boshdan o'tkazishiga to'g'ri keladi va u EChLning 1/8 finalida "PSJ" jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yingacha tiklanishga ulgurmaydi.
«Barselona» hamda PSJ jamoalari o'rtasidagi dastlalki uchrashuv 16 fevral kuni bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 10 mart kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166