«Jenoa»ni fevral oyida qiyin taqvim kutib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

Italiya A seriyasi vakili — «Jenoa»ning o'yinlarini o'zbekistonlik muxlislar diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ayniqsa, Shomurodov jamoasi so'nggi 4ta uchrashuvning 3tasida g'alaba qozonib, bitta durang o'ynashi natijasi xavfli hududni tark etgan holda 14-o'ringa chiqib olgani ko'pchilikni xursand qildi.
Fevral oyida esa genuyaliklarni qiyin taqvim kutib turibdi. "Jenoa"ni mazkur oyda "Napoli", "Verona" va "Inter"ga qarshi maydonga chiqadi. Bu raqiblar esa jadvalning yuqori pog'onalarini egallab turibdi.
Ballardini jamoasiga fevral oyida raqib bo'ladigan jamoalar ichida faqatgina "Torino" pastroqda (17-o'rin) joylashgan. Ammo bahs Turinda o'tishini hamda raqib A seriyada qolish uchun kurashayotganini inobatga olganda, mazkur bahs ham "Jenoa" uchun oson kechmaydi.
A seriya o'yinlari
21-tur. 06.02.2021. Jenoa - Napoli
22-tur. 13.02.2021. Torino - Jenoa
23-tur. 21.02.2021. Jenoa - Verona
24-tur. 28.02.2021. Inter - Jenoa

Mazkur uchrashuvlarda "Jenoa" va Eldor Shomurodovga omad tilaymiz.

Bosh sahifaga
355