Ibrahimovich va Lukaku mashmashasi davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

«Inter» - «Milan» uchrashuvini boshqarib borgan hakam Valerini ko'rsatmalaridan so'ng, o'sha janjal videosi tahlili amalga oshirilmoqda. Unga ko'ra:
Ibrahimovichning Vudu marosimi haqidagi so'zlari irqchilik deb topilsa va tasdiqlansa, Lukakuning so'zlari "(boshinga o'q uzaman") hayotga tahdid deb topilsa va tasdiqlansa, ishni federal sudgacha oshirishlari mumkin. Amalda bu futbolchilarga jiddiy jazo qo'llanilishi bilan yakunlanishi mumkin.
Jamoalar esa sud qarorini kutishmoqda va o'z futbolchilarini himoya qilishga tayyor.

P.S. Futbolda qizishib ketish holatlari tez-tez bo'lib turadi. Bunday paytda inson nima deyayotganini ham sezmasligi mumkin. Shunday ekan jazo bo'lgan taqdirda ham faqat moliyaviy tomondan jazo bo'lsa yaxshi bo'lardi. Chunki bu ikki futbolchi Milan klublarining etakchilari va to'purarlari hisoblanishadi.

Bosh sahifaga
335