«Ayaks» La Liga grandidan futbolchi xarid qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Niderlandiyaning «Ayaks» klubi La Liga grandlaridan biri «Sevilya»dan yarimhimoyachi Ussama Idrissini o'z safiga qo'shib olganini ma'lum qildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, amsterdamliklar futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oladi. Taxminlarga ko'ra, marokashlik iqtidor jamoani yaqinda tark etishi aniq bo'lgan Kvinsi Promesga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Ayni paytda Idrissi allaqachon klub bazasiga kelib qo'shilgan va intervyu berishga ham ulgurgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190