"Navbahor" o'z murabbiylari bilan shartnoma imzoladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

Xabaringiz bor, “Navbahor” yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ma'lumot berganimizdek, jamoamiz navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada davom ettiradi.
Mazkur safar oldidan “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Otabek Samatov jamoa bosh murabbiyi No''mon Hasanov va serbiyalik yordamchi murabbiy Drajen Dukich bilan uchrashdi hamda ushbu mutaxassislar klub bilan shartnoma imzolashdi.
Biz mazkur murabbiylarning “Navbahor”dagi faoliyatlarida omad yor bo'lishi, “lochinlar” bilan yuqori cho'qqilarni zabt etishlari, jamoamizning esa bo'lajak mavsumda sovrindorlar safidan joy olishini tilab qolamiz.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241