Rasman! "MYu" qiziqqan futbolchi APLning boshqa klubiga o'tdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249

Angliyaning «Brayton» klubi «Independente del Vale» yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
19 yoshli Ekvador terma jamoasi futbolchisi APL klubi bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Sky Sports tarqatgan ma'lumotga qaraganda, «Brayton» ushbu transfer uchun 4,5 million funt sarfladi.
Avvalroq Kaysedoga «Manchester Yunayted» faol qiziqish bildirib kelayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306