Gattuzo "Napoli"dan ketishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Napoli" ustozi Jennaro Gattuzo va klub prezidenti Aurelio De Laurentislarning o'rtasidagi munosabat yomonlashdi. Shu sababli, italiyalik mutaxassis jamoani yozda tark etishga qaror qildi.
Avvalroq, Gattuzo Neapol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqatilgandi. Biroq, jamoaning o'yinida pasayish kuzatilganidan keyin tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Yakunda Gattuzo katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etishini klub rahbariyatiga ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260