Hokim kubogi-2011. «Istiqlol» penaltilar seriyasida «Qo'qon-1912»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Viloyat hokimi kubogi-2021" musobaqasining yarim finalida «Qo'qon-1912» “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv kutilganidek shiddatli hujumlar ostida boshlandi.
Qo'qonliklarning ilk hujumi xavfli ko'rinish oldi. "Qo'qon-1912" 11-daqiqada jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldik. Muhammadanas Hasanovning zarbasi aniq bo'ldi. Raqib posboni to'pni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 16-daqiqada "Istiqlol" hisobni ochdi. Elyor Mamasoliev yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol etdi.
26-daqiqa hisob tenglashdi. Sardor Azimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi raqib posbonini ojiz qoldirdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Oybek Rustamov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Goldan ruhlangan Ashurmatov shogirdlari bir necha bor “Istiqlol” darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo tanaffusga qadar hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'lim ham xuddi birinchisi kabi shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ilk daqiqalardan hujumkorlikka zo'r berishdi. 65-daqiqada qo'qonliklara yaxshi vaziyatga ega bo'lishdi. Sobit Sindarovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Oradan ikki daqiqa o'tib, muhammadanas Hasanovning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
72-daqiqada "Istiqlol" hisobni tenglashtirishdi. Davron Isaqov gol muallifiga aylandi. 86-daqiqada "Qo'qon" jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Murod Xolmuhammedovning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. So'nggi daqiqada Xolmuhammedov o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi. Uning jarimadan yo'llagan zarbasini Turdaliev mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi.
Reglamentda pley-off bosqichida o'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinishi belgilab qo'yilgandi. Shuning uchun futbolchilar darhol penaltilar seriyasini boshlab yuborishdi. Penaltilar seriyasida “Istiqlol” jamoasi g'alaba qozondi – 5:3 va finalga yo'llanma oldi. Finalda "Bunyodkor" va "Istiqlol" uchrashadigan bo'ldi.
"VILOYaT HOKIMI KUBOGI- 2021"
YaRIM FINAL
«Istiqlol» - «Qo'qon-1912» - 2:2 (1:2). Penaltilar seriyasi – 5:3.
Gollar: Elyor Mamasoliev(16), Davron Isaqov (72). - Sardor Azimov(26), Oybek Rustamov (27)
“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 13. Sardor Azimov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 20. Iqbol Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. Murod Xolmuhammedov, 99. Mo'min Meliev.
Zaxira: 16. Eldor Adhamov, 46. Xurshid Xo'jaev, 4. Sobit Sindarov, 5. Sardor Etovqo'ziev, 10. Rustam Abduhamidov, 17. Shohruh Xolmatov, 19. Farhod Bekmurodov, 37. Muhsin Normatov.
“Istiqlol”: 45. Farrux Turdaliev, 2. Ahror O'ktamov, 5. Abduholiq Qurbonov, 6. Mansur Saidov, 8. Sardor Sotvoliev, 9. Pavel Smolyachenko, 10. Davron Isaqov, 11. Shoxrux Boyqo'ziev, 17. Anvar Hojimirzaev, 20. Dilyor Irmatov, 27. Elyor Mamasoliev.
Zaxira: Ulug'bek Abdullaev, 4. Iqbol Boboxonov, 13. Asilbek Alixonov, 14. Ilhom Vahobov, 15. Muydin Mamazulunov, 19. Xushnud Bozorov, 23. Doston O'rinboev, 26. Rahmatillo O'ktamov, 29. Mirjajol Ne'matov.
Hakamlar:Erlon Norboev (Osh), Shohruh A'zamov (Farg'ona), Ismoil Tolibjonov (Osh), Azizbek Ishaqov (Farg'ona).
Nazoratchi: Xakimjon Fayziev.

Bosh sahifaga
248