Italiyada Lukaku va Ibrohimovich o'rtasidagi ziddiyat bo'yicha ish boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich va "Inter" hujumchisi Romelu Lukakular Italiya Kubogida doirasida bo'lib o'tgan o'yin paytida o'zaro ziddiyatga borishgani uchun bittadan o'yinga diskvalifikatsiya qilinishdi. Qolaversa, bu ishga hali chek qo'yilmaydi. Sanktsiyalar federal prokuratura tomonidan boshlangan protsesdan so'ng uzaytirilishi mumkin.
«Federa prokuror Juzeppe Chine bugun ertalab sud jarayonini boshladi. Uchrashuv bosh hakami Paolo Valeri tergov doirasiga chaqirildi», - deyiladi Italiya Futbol Federatsiyasi rasmiy bayonotida.
Romelu Lukaku «Inter»ning Italiya Kubogi yarim finalida «Yuventus» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinida ishtirok eta olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224