Kuman: "Barselona" va Messiga zarar etkazmoqchi bo'lgan insonlar bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Messining shartnomasi haqida tarqalgan ma'lumotlar haqida gapirdi.
«Kim buni matbuotda aytgan bo'lsa, «Barselona»da uning kelajagi yo'q. Bularning barchasi yovuz niyatda qilingan. Ushbu ma'lumot matbuotga qanday qilib etib borganini aniqlashimiz kerak.
Jamoa bor e'tiborini mavsumga qaratishi kerak. Hozir yaxshi o'ynayapmiz. Bu masalaga e'tiborsiz bo'la olmaymiz, biroq, Messi va "Barselona"ga zarar etkazmoqchi bo'lgan insonlar bor», - dedi Kuman Goal portaliga.
Avvalroq OAV orqali Messi to'rt yillik shartnoma orqali 555 million evro mablag' ishlab topgani haqida xabar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227