Neymar: «Mbappe — oltin bola»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 275

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar jamoadoshi Kilian Mbappe haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Birgalikda o'ynash yoqadi. Undan maksimum foyda chiqarishni istayman. U oltin bola. Haqiqatan ham oltin bola ekani uchun men uni shunday atayman. Uning yuragi katta. U futbolchi sifatida o'z bahosini biladi. U hattoki maydon tashqarisida ham ajoyib yigit. U jamoada baxtli. Biz bir-birimizga o'xshaymiz», — dedi Neymar "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Mbappe va Neymar juftligi 2017 yilda yuzaga kelgan bo'lib, ular joriy mavsumda birgalikda 29ta gol urishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214