Ikardining uyida katta miqdordagi mulk o'g'irlab ketildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

«PSJ» hujumchisi Mauro Ikardining uyiga shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi o'g'rilar kirishdi. Bu haqda "L’Equipe" xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi bu vaqtda jamoasi bilan «Loryan»ga qarshi safardagi o'yin (2:3) uchun yo'l olgan edi. Manbaga ko'ra, o'g'irlab ketilgan mulkning umumiy qiymati taxminan 400 ming evroga teng bo'lgan.
Ikardining uyida ishlovchilar yakshanba kuni ertalab ba'zi narsalar yo'qolib qolganini sezib, o'g'irlik sodir bo'lganini bilishgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada «PSJ» darvozaboni Serxio Rikoning uyi tunab ketilgan edi. O'g'irlik natijasida uning 25 ming evro pulini, soatlar va tilla taqinchoqlar olib chiqib ketishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227