Simeone: «Finalgacha etib borishimiz uchun har bir futbolchi yaxshi sport formasida bo'lishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 21-tur doirasida «Kadis» (4:2) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– «Atletiko» joriy mavsum hammadan kam gol o'tkazib, eng ko'p golni kiritdi. Bu bilan faxrlanasizmi?
– Yaxshi himoya o'z darvozangizni yaxshi qo'riqlash va yaxshi futbolchilar samarali o'ynash imkoniyatini beradi. Tarkibimizda bunday futbolchilar ko'p. Agar biz bor e'tiborimizni himoyaga yoki faqatgina hujumga qaratganimizda hozirgi natijaga erisha olmagan bo'lardik.
– La Ligada chempion bo'lamiz deb hisoblayapsizmi?
– O'yindan o'yinga kuchayib borishimiz, mashg'ulotlarda ko'proq mehnat qilishimiz talab qilinadi, fevral oyida esa bizni EChL o'yinlari kutib turibdi. Biz bu turnirda finalgacha etib borishni maqsad qilganmiz. Oldimizga qo'yilgan maqsadga erishish uchun har bir futbolchi yaxshi sport formasida bo'lishi kerak, – dedi Simeone.

Bosh sahifaga
286