Roys «Borussiya» tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Borussiya D» hujumchisi Marko Roys kecha «Augsburg»ga qarshi bahsda assist qayd etdi va klub tarixidan joy oldi.
Gap shundaki, 31 yoshli germaniyalik kechagi natijasi bilan klub safidagi o'zining 87-assistini amalga oshirdi. Bu esa «Borussiya» tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Roys «asalarilar» tarkibida 2012 yildan beri o'ynab keladi. U shu paytgacha jami 293 ta o'yinda maydonga tushib 133 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255