Messi «El Mundo» gazetasini sudga beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning "El Mundo" gazetasini sudga berishga qaror qildi.
Argentinalik futbolchining advokati gazetaga qarshi da'vo tayyorlamoqda. Shuningdek, u shartnomani qo'lga kiritish imkoniyati bo'lgan klub xodimlarini javobgarlikka tortmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "El Mundo" nashri "Barselona" va Lionel Messi o'rtasida 2017 yilda tuzilgan shartnomaning nusxasini qo'lga kiritdi va uning detallarini e'lon qildi. Unga ko'ra, argentinalik futbolchi 4 yil davomida umumiy miqdorda 555 237 619 evro olishi ko'zda tutilgan. Shartnoma yakunlanishiga 5 oy vaqt qolganida u 511 540 545 evro pulni olib bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272