«Dinamo» «Nasaf» bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Pro ligaga hozirlik ko'rayotgan «Dinamo» jamoasi Qarshida Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan «Nasaf» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Dastlabki uchrashuvda murabbiylar Hakim Fuzaylov va Ro'ziqul Berdiev asosiy tarkiblarni sinovdan o'tkazishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlardan Dilshod Rahmatullaev penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, Bobur Abduxoliqov, Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloevda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa, «dinamochilar» hujumlari qarshiliklar posboni Umid Ergashev tomonidan bartaraf etildi. Yakunda uchrashuv nursiz durang bilan tugadi.
Qayd etish joiz, shu kuni «Dinamo» safida yangi legioner – ukrainalik 23 yoshli yarimhimoyachi Oleg Marchuk ko'rikdan o'tkazildi. Shuningdek, «Dinamo»ni tark etgan Suhrob Nurullaev shu kuni «Nasaf» safida harakat qildi.
31 yanvar (yakshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Qarshi.
«Nasaf» – «Dinamo» - 0:0
«Dinamo»: Dilshod Hamroev, Matvey Guyganov, Komil Sharofutdinov, Jasur Hasanov, Islom Sharipov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Jamshid Hasanov, Sardor Eminov, Siroj Meliev, Mixaylo Udod.
Ma'lumot uchun, ushbu jamoalar bugun o'zaro yana bitta uchrashuv o'tkazishadi.
Manba: "Dinamo" matbuot xizmati
Bosh sahifaga
243