Messi: «Pul meni ilhomlantiradigan narsa emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi, Leo Messi futbolning hayotidagi ahamiyati haqida gapirib berdi.
«Pul menga yaxshiroq yashashimga imkon beradi,
ammo, bu narsa meni ilhomlantirmaydi. Men moddiy jihatdan yaxshi bo'lish uchun emas, balki futbol o'ynash uchun yashayman. Men o'zim uchun emas, hamisha jamoa uchun o'ynayman»-dedi Messi.
Qayd etish mumkin, ayni paytda, 33 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlar "Manchester Siti" va "PSJ" klublari bo'lib turishibdi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" sardori "Barsa" tarkibida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol va 6 golli pas muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210