A Seriya. "Yuventus" safarda g'alaba qozondi, Ronaldu gol ura olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Italiya A Seriyasining 20-tur doirasida "Sampdoriya" o'z maydonida "Yuventus" futbolchilarini qabul qildi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Keza tomonidan kiritilgan gol turinliklarni oldinga olib chiqdi.
O'yinning so'nggi daqiqasi o'tib borayotgan pallada esa Aaron Remsi jamoasining ikkinchi golini kiritib, g'alabani mustahkamladi.
"Sampdoriya" – "Yuventus" 0:2
30 yanvar, 22.00, «Luidji Ferraris»
Gol: 0:1 – 20 Keza, 0:2 - Remsi
"Sampdoriya" – Audero, Audjello, Kolli, Yosida, Bereshinski, Torsbyu, Kandreva (Yankto, 81), Ekdal, Adrien Silva (Damsgor, 63), Keyta Balde (Torregrossa, 68), Kualyarella (Ramires, 68).
"Yuventus" – Shchensnii, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Bentankur (Rabo, 75), Makkenni, Kuadrado, Artur (Remzi, 83), Keza (Aleks Sandro, 84), Morata (Bernardeski, 78), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Torsbyu (24), Ekdal (30), Yankto (30), Bentankur (37), Damsgor (87).

Bosh sahifaga
189