«Marsel» muxlislar klub sport qarorgohiga hujum qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Frantsiyaning «Marsel» klubi muxlislari jamoaning mashg'ulot bazasiga fayerlar bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda La Provence xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, «Marsel» muxlislari sport bazasi hududini buzib kirishga harakat qilishgan. Muxlislar futbolchi va murabbiylar bilan «chin qalbdan» gaplashib olishni maqsad qilishgandi.
«Marsel» Frantsiya chempionatida muvaffaqiyatli o'ynay olmayapti. Ayni paytda Villash-Boash shogirdlari turnir jadvalining 6-pog'onasini band etib turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367